Bilimlarni sinash intellektual o‘yinlarning o‘tkazilishi bilan bog‘liqligi ayon. Bu masalaga e’tibor institut miqyosida katta mohiyat kasb etadi. TIQXMMI ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori Qodirjon Shavazovning ma’naviy madadi bilan 3 — TTJ da birinchi dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan «Kelajak bunyodkorlari» shiori ostida iqtidorli talaba – o‘g‘il bolalar o‘rtasida intellektual musobaqa tashkil etildi. Pedagog tarbiyachi Aziza Xayitova va “Iqtisodiyot va menejment” fakultetining talabalar kengashi sardori Saidahmedov Jahongirning bu boradagi jonbozligi, fidoyiligi tahsinga sazovor ekanini eslatib o‘tish joiz.
Ayni paytda YeF va YeK fakulteti talabalar kengashi sardori Gulamov Muxriddin, TTJ direktori Zokirjon Yuliyevlarning tashabbuslari bilan tez-tez o‘tkazib turiladigan zakovat o‘yinlari ko‘pchilikning zavqu shavqini va bilim darajasini oshirmoqda.
Bu galgi intellektual o‘yinda quyidagi to‘qqizta jamoa ishtirok etdi.
“Everest”, “Zukkolar”, “Imperiya”, “The best”, “Gemus”, “Ekonomist”, “Kelajak iqtisodiyotchilari”, “Nobel”, “Adolat” jamoalarining har bir a’zosi o‘zlarining bilim-saviyasi va qobiliyatlari bilan ajralib turishdi.
Qizg‘in bahs va munozaralar bilan o‘tgan o‘yinda “Everest” jamoasining qo‘li baland keldi. Eng baland cho‘qqilardan biri Everestdir. Chunki uning baland qoyasi bor bo‘lib o‘sha qoyaga oliy maqsadi — g‘oyasi borlargina chiqa oladi. Buning uchun voyaga yetgan bo‘lish kerak. “Everest” jamoasida biz ana shu fazilatlarni his etdik. Ular g‘olib jamoaga aylandi
“Zakovat” o‘yinlarini o‘tkazishga yordam bergan tashabbuskor o‘qituvchilarga Mamatqulov Zohid va Jo‘rayev Abdulla, Sh.Abduqodirovlar, 3-TTJ mudiri Ilhom Qurbonov hamda Yoshlar Ittifoqining institut boshlang‘ich tashkilotiga minatdorchilik bildiramiz.