Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan seminar-trening
Joriy yilning 29 mart kuni TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti B-bino 207-o'qiv auditoriyasida Iqtisodiyot fakulteti talabalariga ushbu islohotlar mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Fakultet dekani R.Xakimov so'zga chiqib Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilayotgan moddalarga alohida to'xtalib, konstitutsiyaviy islohotlar va ularning jamiyat, yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, u o‘z nutqida jamiyatimiz rivojlanishining asosiy ustunlaridan biri ta'lim ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
Seminar-trening so‘ngida fakultet dekan o'rinbosari J.Turdiyev so'zga chiqib Iqtisodiyot fakulteti yoshlari 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishlarini bildirib, tengdoshlarini ham taqdiriga befarq bo‘lmaslikka chorlashlarini ta'kidlab o‘tdi.
Iqtisodiyot fakulteti tyutori M.Vafoyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati