Har bir davlatda ta’lim tizimi o‘ziga xos tarzda bo‘lishi shubhasiz. Bu albatta, o‘sha davlatning rivojlanishi va shaxsning manfaati va kamolotiga daxldor masaladir. Ta’limdagi hamkorlik tajriba almashish va o‘zaro do‘stlik zamiriga qurilsa har ikkala tomon uchun ham manfaatli, foydali bo‘lishi muqarrar.
Joriy yilning 2 noyabr kuni Germaniya DAAD tashkiloti xodimi va Milliy Universitet lektori Simon Kretchmerning “Tillar” kafedrasi nemis tili o‘qituvchilari, nemis tili to‘garagi va nemis tilini o‘rganayotgan barcha talabalar bilan o‘zaro suhbati va bergan ma’lumotlari katta ahamiyat kasb etdi.
“Germaniyada o‘kish imkoniyatlari” mavzusida “Tillar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ushbu amaliy- seminarda kafedra mudiri F.B Kilicheva, dotsentlar K.N.Raximova, Yu.I.Qurbanova, E.Erkayev, katta o‘qituvchilar I.V.Allenova, E.K.Yusupov, U.T. Tasheva, M.T. Saipova, A.E.Turdiyeva, T.M.Turmanovlar ishtirok etishdi.
Xo‘sh, Germaniyada oliy ukuv yurtlari va nemis oliy talim muassalarida o‘qish qay yo‘sinda tashkil etiladi?
Ushbu savolga Simon Kretchmer janoblari to‘la javob qaytardiyu ayni paytda Germaniyada ta’lim tizimi va Germaniyada ta’lim olayotgan chet ellik talabalar va oliy ta’lim muassalari haqida ham atroflicha ma’lumot berdi.
Germaniyada o‘qish uchun albatta, nemis tilini bilishning talab etilishi va bakalavr hamda magistratura, doktaranturada o‘qish shart – sharoitlari bilan tanishtirdi. Talabalar va professor – o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ushbu amaliy-seminar talabalarda juda katta taasurot qoldirganligi, ularda Germaniya davlati oliy ta’lim tizimi va nemis tiliga nisbatan qiziqish uyg‘otganligi gapirib o‘tildi. Seminar tashkil etishdagi jonbozligi va tashabbuskorligi uchun nemis tili o‘qituvchisi A. Turdiyevaga kafedra tomonidan minnatdorchilik izhor etildi.
“Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi A. Turdiyeva ma’lumoti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov